11:19 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
377 0 0

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104, 227, 234 hamda 235 moddalari bilan ayb eʼlon qilingan

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Joriy yilning may oyida Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar boʻlimi xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni noqonuniy ushlab turgan holda iqrorlik koʻrsatuvi berishga majburlash maqsadida zoʻrlik ishlatib bosim oʻtkazishgan. Oqibatda A.Abdukarimov vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Bosh prokuraturaning Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olinib, tergov harakatlari oʻtkazilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104 (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 227 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 234 (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) hamda 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, 5 nafariga “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat” ehtiyet choralari qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudiga mazmunan koʻrib chiqishlik uchun yuborildi.

Asosiy mavzular