11:31 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
176 0 0

Pandemiya vaqtida dori vositalari narxini oshirib sotayotgan dorifurushlar fuqarolar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida qoʻlga tushmoqda

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Prokuratura organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan moddiy boylik orttirish maqsadida jinoyatga qoʻl shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xususan, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Patidinovaning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Xaydarov boshqalar bilan til biriktirib, dori vositalarini narxlarini sunʼiy ravishda oshirib, Patidinovaga hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan "Propinem 100 mg" dori vositasini har bir donasini 90 ming soʻmdan 500 donasini jami 45 mln soʻmga, "Meropenem 1ml flakonda" dori vositasini har bir donasini 50 ming soʻmdan 1000 donasini jami 50 mln. soʻmga va "Bitsiklol 25 mg" har bir qutisini 265 ming soʻmdan 300 qutisini jami 79,5 mln. soʻmga, hammasi boʻlib 3 hil turdagi dori vositalarini 174,5 mln. soʻmga sotishga kelishib, undan 13 550 AQSH dollari va 34,9 mln. soʻmni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro A. Yuldashev, ariza muallifi S.Xasanovga "Indvir" 100 ml nomli dori vositasini har bir qutisini 100 AQSH dollaridan hisoblab, 100 quti "Indvir" 100 ml nomli dori vositasini jami 10 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan va tadbirda fuqaro A.Yuldashevdan jami 108 quti 74,2 mln. soʻmlik "Indvir" dorisi ashyoviy dalil tariqasida olib qoʻyilgan.

Bundan tashqari, Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi fuqaro M.Akbarxodjayevaning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.Abirov, Q.Norboyev va B.Doʻsmuxamedovlar "Koronavirus" pandemiyasi tufayli aholi tomonidan isteʼmol talabi yuqori boʻlgan xorijda ishlab chiqarilgan 85 quti "Remdesevir 100 mg" dori vositasining har bir qutisini 750 ming soʻmdan hisoblab, jami 6.200 AQSH dollariga fuqaro M.Akbarxodjayevaga dorixonadan tashqarida qonunga xilof ravishda sotishgan vaqtda ushlanib, ulardan 85 quti "Remdesevir 100 mg" dori vositasi, bundan tashqari, B.Doʻsmuxamedovning boshqaruvidagi Lasetti avtomashinasi koʻzdan kechirilganda, avtomashinaning salonidan 135 quti "Remdesevir 100 mg" dori vositasi, jami taxminiy qiymati 165 mln soʻmlik 220 quti "Remdesevir 100 mg" dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular