19:18 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
333 0 0

Joriy yilda eng obroʻli musulmonlar roʻyxatiga Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan yetakchilik qilmoqda

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng obroʻli 500 musulmoni roʻyxatiga kiritildi. Muftiy 166-oʻrinda qayd etilgan.

Ummonning qirollik islom strategik tadqiqotlari markazi Jorjtaundagi musulmon-nasroniy bir-birini tushunishi Markazi dunyoning eng obroʻli musulmonlari reytingini 2009 yildan buyon eʼlon qilib keladi.

Eng obroʻli 50 musulmon roʻyxatiga dunyodagi ismoilitlar yetakchisi Shoh Karim Al-Husayniy (30 oʻrinda) kiritilgan.

Joriy yilda reytingni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Saudiya qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz va 1989 yildan hozirga qadar Eronning oliy hukmdori Oyatolla Sayid Ali Humayniy kelmoqda.

Birinchi beshlikdan shuningdek, 1999 yildan Iordaniya qiroli boʻlgan Abdalla II ibn Xuseyn al-Xoshimiy va islomiy olimlar ichida yetakchi boʻlgan Shayx Muhammad Taki Usmoniy ham oʻrin olgan.

Eng obroʻli 50 musulmon roʻyxatiga, shuningdek, Pokiston bosh vaziri Imron Xon (15-oʻrinda),Saudiya Arabistoni merosxoʻr shahzodasi Muhammad bin Salmon (23-oʻrinda), angliyaning "Liverpul" klubidagi misrlik futbolchi Muxammad Saloh (42-oʻrinda kiritilgan".

Asosiy mavzular