16:09 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
1058 0 0

Iliq va sovuq havo oqimlarining bosimlari tafovuti respublika hududi boʻyicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishiga olib keladi

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Ertaga respublika shimoliga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgaboʻyi orqali sovuq antitsiklon kira boshlaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Ertaga, 28 oktyabrda sovuq havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat foni 8-10 daraja pasayadi.

Aksariyat viloyatlarda kunduzgi havo harorati 10-13 daraja atrofida boʻladi. Kuchsiz, asosan qor koʻrinishidagi yogʻinlar mamlakatning togʻli va baland togʻli hududlarida kuzatilishi mumkin.

Iliq va sovuq havo oqimlarining bosimlari tafovuti respublika hududi boʻyicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishiga olib keladi.

Sovuq havo oqimining taʼsiri 29 oktyabrda va 30 oktyabrda kechasi saqlanib turadi, 30 oktyabrda kunduzi antitsiklon shimoli-sharqqa chekina boshlaydi va havo asta-sekin isiydi.

29 va 30 oktyabr kunlari tungi havo harorati 0-3 daraja iliqqacha tushadi, ayrim joylarda havoda birinchi ayoz kuzatiladi — harorat 1-2 daraja sovuq boʻladi. 29 oktyabrda kunduzi 10-13 daraja iliq atrofida boʻladi, 30 oktyabrda esa biroz — 13-16 darajagacha isiydi. Bu kunlarning harorati oktyabr oyi uchun xos boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 7-9 darajaga past boʻladi.

31 oktyabrda Oʻzbekiston hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Tungi ayoz toʻxtaydi, kunduzi esa harorat 18 daraja, ayrim joylarda undan ham yuqori boʻladi.

Asosiy mavzular