10:26 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
269 0 0

Hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan oʻzaro kelishuv asosida, yaʼni kelgusida korxona ish faoliyatini tiklagach, qayta ishga olish sharti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmoqda.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Toshkent viloyati matbuot-xizmati "Angren shakar" korxonasi atrofida tarqalayotgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Maʼlum boʻlishicha, korxona qariyb 5 oydan buyon faoliyat koʻrsatmasdan kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan, shu vaqtga qadar ishchi-xodimlarga oylik maosh toʻlab kelingan. Ayrimlari esa haq toʻlanmaydigan taʼtilga chiqarilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan oʻzaro kelishuv asosida, yaʼni kelgusida korxona ish faoliyatini tiklagach, qayta ishga olish sharti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmoqda.

Ayni damda 150 dan ortiq ishchi-xodim ishdan boʻshatilgan, ularning barchasiga kompensatsiya pullari toʻlab berilgan. Ishdan boʻshatishlar, haq toʻlanmaydigan mehnat taʼtillari yana davom etishi mumkin.

Ayni paytda Ohangaron shahar va tuman hokimligi vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha dastlabki rejalarni muhokama qilib, takliflar tayyorlamoqda. Bunda, asosan, sanoat va ishlab chiqarishda maʼlum tajribaga ega boʻlgan ishchilarni oʻz sohasiga yaqin boʻlgan ishlab chiqarish obʼyektlariga ishga joylashtirish nazarda tutilmoqda.

Bugun Ohangaron tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Mirshohid Miryunusov, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 4-sektor rahbari Anvar Moʻminov mazkur korxonada boʻlib, ishchilar va rahbarlar bilan suhbatlashdi.

Korxonadan boʻshatilgan ishchi-xodimlarga 15 kun muddatda yangi ish oʻrinlari taklif etish boʻyicha xulosa tayyorlanayotgani haqida axborot berilgan.

Asosiy mavzular