O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 66,3 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda ushbu infeksiyani yuqtirgan insonlar soni 44,4 millionga yetgan, 1,1 million kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. 29 oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 313 (+113) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

Yangi kasallanish holatlari Respublikaning 11ta hududida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 63 446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida 7-o‘rinda. 

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda ushbu infeksiyani yuqtirgan insonlar soni 44,4 millionga yetgan, 1,1 million kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0