TikTok uchun videoga Qur’onni yirtgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda islom dinini tahqirlovchi, diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi ma’lumotlar tarqatilmoqda

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy adovatni qo‘zg‘atish va dindorlar orasida murosasizlikni keltirib chiqarishni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar tarqalmoqda, deya ogohlantirmoqda O‘zbekiston IIV.

Sotrudnik politsii v Nisse - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya: Nissa cherkovida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi

Ma’lumotda aytilishicha, 29-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini "ateist", deb tanishtirib, islom dinining ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi - Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqalgan. Video keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘lgan.

"Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, mazkur shaxs Mingbuloq tumanidan bo‘lgan Sherzod Turdiyev emasligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.

O‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilingan.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. T. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

IIV fuqarolarni mamlakatda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik kabi azaliy an’analarga kundalik hayotda amal qilishlarini hamda muqaddas dinni oyoq-osti qilib, aholi orasida ixtiloflar keltirib chiqarishga bo‘lgan urinishlar uchun qonunda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0