Namanganda italiya texnologiyalariga asosan Endokrinologik markaz quriladi

© flikr.comVrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy palatasi va Italiyaning "Opera" kompaniyasi vakillarining uchrashuvida tibbiy xizmatlar harakatchan bo‘la olishi va bo‘lishi ham kerakligi ta’kidlandi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. O‘zbekiston Milliy palatasi va Italiyaning "Opera" kompaniyasi vakillarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unla Namanganda Italiya texnologiyalariga asosan Endokrinologik markazni qurish loyihasi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama etildi. Bu haqda Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.

Virashivanie osetrov v laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Italiya kompaniyasiga Xorazmda osotr baliqlarini ko‘paytirish taklif qilindi

"Opera"ning dastlabki hisobi bo‘yicha ushbu loyihaga jalb etilishi kerak bo‘lgan investitsiya taxminan 12 million yevroni tashkil etadi. Loyihadagi innovatsiyalarning biri — qayerda talab bo‘lsa, o‘sha yerda "talab bo‘yicha" endokrinologik tekshirish uchun harakatchan brigadalar shakllantirishdan iborat.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Italiyadagi Elchisi Otabek Akbarov ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Elchixona Italiyaning "Opera" kompaniyasi bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ham sal kam ikki yildirki, faol hamkorlik olib borilmoqda.

Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Italiya olimi koronavirus II to‘lqinini oldini olish choralarini aytdi

Milliy palata raisi Rovshan Izamov sog‘liqni saqlashning eng yaxshi xorijiy tajribasi va modelini olib kirish  Milliy palataning vazifasi ekanligidan kelib chiqib, ushbu davlat tizimi "Opera" kompaniyasi bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Izamov shuningdek, Italiya tomonidan yangi istiqbolli loyihalarni tashabbus etilishiga ko‘maklashgani uchun O‘zbekistonning Rimdagi Elchixonasiga minnatdorchilik bildirdi. 

"Opera" kompaniyasining rahbari Paolo De Anjelis "Pandemiya tibbiyotning qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikrimizni butunlay o‘zgartirib yubordi. Bugungi bizning asosiy vazifamiz — bemorga harakatchan uskuna yordamida samarali yordam berish va nafaqat shifoxonada", — dedi.

Muzokaralar davomida zamonaviy operatsiya zallari, bemorlar va ular bilan birga bo‘ladigan barcha oila a’zolari uchun barcha sharoitlari mujassam  bo‘lgan Bosh Endokrinologik markazini tashkil etish, ya’ni mehmonxona qurishni rejalashtirish kabi loyihaning bosqichlari muhokama etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0