01:12 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
683 0 0

Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi bosh kardiologining aytishicha, avgust oyida koronavirus bilan bemorlanganiga qaramay, Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlanishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Bemorlangan odamlarda koronavirusga qarshi immunitet oradan bir necha oy oʻtib yoʻqoladi, deb maʼlum qilgan "Izvestiya" nashriga klinik tadqiqotlar rahbari, Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi bosh kardiologi, Markaziy klinik shifoxona bosh tadqiqotchisi Nikita Lomakin.

Vrachning aytishicha, avgust oyida koronavirus bilan bemorlanganiga qaramay, Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlanishni rejalashtirgan. Lomakin buni kasallangan odamlarda immunitet turgʻun boʻlmasligini, shu bois, qayta kasallanish xatari mavjudligi bilan tushuntiradi.

"COVID-19 bilan bemorlanganlarning deyarli barchasi yaqin uch-besh oy davomida gumoral immunitetni yoʻqotadilar, takroran kasallikka chalinish xatari yuqori boʻladi ularda. Shu bois, men yoshimga doir beriladigan tavsiyalar asosida vaktsinani olishni rejalashtiryapman", - dedi mutaxassis.

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaktsinani sinovlari boshlandi
Ruptly / RFPI / AFK "Sistema", zavod "Binnofarm" / Rospotrebnadzor

Lomakinning aytishicha, "Sputnik V" tadqiqotlarida ishtirok etayotgan, 60 yoshdan yuqori boʻlgan koʻngillilarning birinchi guruhi preparatning birinchi dozasini olishgan. Aniqlik kiritilishicha, 28 kishining hech birida noxush reaktsiyalar kuzatilmagan. Tadqiqotlarga 110 kishini jalb qilish rejalashtirilgan. Hozirda 28 kishi gospitalizatsiya qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 11 avgust kuni "Sputnik V" vaktsinasini roʻyxatga olgan edi. Oktyabr oyining boshida "EpiVakKorona" – COVID-19ga qarshi ikkinchi  vaktsina roʻyxatga olindi.

Ayni damda Rossiyada uchinchi vaktsina ham klinik sinovlar darajasida. RFAning Chumakov nomidagi immunobiologik markazi tomonidan yaratilgan vaktsina SARS-CoV-2 virusi asosida ishlab chiqilgan. Maxsus ishlov berilgan virus oʻzining infektsion xususiyatlarini yoʻqotib – immunitet uygʻotish xususiyatiga ega boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular