01:15 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
233 0 0

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olish uchun Yagona portaldagi "Fuqarolik" turkumiga oʻtsangiz, bas.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Toshkent shahri va viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtishni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Ushbu xizmat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (pasport idorasiga) bormasdan propiska olish imkoniyatini beradi.

Inson hayotiy sabablarga koʻra yangi yashash joyiga koʻchib oʻtishi va har koʻchganida u doimiy roʻyxatga olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga borishiga toʻgʻri keladi.

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) "Fuqarolik" turkumiga oʻtsangiz, bas.

Mazkur xizmat orqali koʻchmas mulk obʼyektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli boʻlgan obʼyektlarga doimiy roʻyhatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

1) Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2) Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3) Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat koʻrsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Asosiy mavzular