15:46 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
248 0 0

Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan Oʻzbekiston fuqarolariga samolyotga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020-yil 1-noyabrda Sochidan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsatl beriladi.

PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qoʻyilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Asosiy mavzular