16:37 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
452 0 0

Mazkur jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan "Oʻzbekkino" Milliy agentligida oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari asos boʻlgan.

TOSHKENT, 10 noya - Sputnik. Bosh prokuratura tomonidan "Oʻzbekkino" Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan "Oʻzbekkino" Milliy agentligida oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari asos boʻlgan.

Tergov jarayonida, "Oʻzbekkino" Milliy agentligining faoliyatiga tegishli hujjatlar olinib, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan taftish tayinlangan.

Aniqlanishicha, 2018 yilning 22 iyunida "Oʻzbekkino" Milliy agentligi hamda "Best organaizer" MCHJ oʻrtasida "Menman, Jaloliddin" nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari "Mendirman, Jaloliddin" nomi bilan Turkiyadagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish harajatlari byudjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, "Oʻzbekkino" Milliy agentligidan ajratilgan mablagʻlar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, tergov harakatlari davomida 2020 yil 3 oktyabr kuni taqdimot marosimi boʻlib oʻtgan "Mendirman, Jaloliddin" filmiga tegishli hujjatlar olinmagan hamda ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarning jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yoʻq, deb taʼkidlab oʻtgan Bosh prokuratura axborot xizmati.

Asosiy mavzular