16:11 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
120623

"Ulamolar kengashi qaror qiladi: konfessiyalararo nikohlar, xususan, kofir ayollar bilan Rossiya hududida nikoh taʼqiqlangan", - deyiladi xulosada.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi musulmonlarning boshqa din vakillari bilan nikoh qurishini taʼqiqlash haqida xulosa chiqardi. Hujjat boshqarma saytida eʼlon qilingan.

"Ulamolar kengashi qaror qiladi: konfessiyalararo nikohlar, xususan, kofir ayollar bilan Rossiya hududida nikoh taʼqiqlangan", - deyiladi xulosada.

Hujjatda shuningdek, istisnolar borligini, bu istisnolarni mahalliy muftiy yaxshi tushunishi kerakligiga aniqlik kiritilgan. Agar ayol Xudo borligini tan olsa, Iso Masih va Muhammadni Allohning elchilari sifatida qabul qilsa va Qurʼon oyatlariga amal qilishga tayyor boʻlsa, u holda, u musulmon erkak bilan nikoh qurishga haqli boʻladi.

"Shuni taʼkidlash joizki, islom olamining aksariyat obroʻli olimlari, ular orasida toʻrt mazxab teologlari bor, musulmon erkakning kofir ayol bilan nikohdan oʻtishi maqsadga muvofiq emasligi haqida fikrlarni bildirdilar", - deyiladi matnda.

Hujjatda aytilishicha, er-xotinning din va maʼnaviy masalalarda oʻxshashligi ular baxtli hayot kechirishlarining muhim shartlaridan biri sanaladi.

Asosiy mavzular