00:49 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
30210

Samaradorlik koʻngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun oʻtgach, birinchi oraliq maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan tadqiqotlarning uchinchi bosqichi maʼlumotlarini birinchi oraliq tahlili paytida koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasining samaradorligi 92 %ni tashkil etdi, deyiladi "Sputnik V" vaktsinasining tvitterdagi akkauntida.

""Sputnik V" vaktsinasining samaradorligi 92% ni tashkil etdi (hisoblash platsebo guruhidagi 20ta tasdiqlangan holatlarni taqsimlash va vaktsinani olgan guruh maʼlumotlari asosida oʻtkazilgan)", deyiladi xabarda.

Samaradorlik koʻngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun oʻtgach, birinchi oraliq maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

Avgust oyida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oraligʻida ikkita komponentni kiritishni oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular