O‘zbekiston pul yuvish indeksida 141ta davlat ichida 43 o‘rinni egalladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri SShA.
Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bazel davlat boshqaruvi instituti mutaxassislari 141 mamlakatni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ko‘rilgan choralar samaradorligini tahlil qildilar.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston pul yuvishga qarshi kurash indeksida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda Bazel davlat boshqaruvi instituti hisobotida aytilgan.

Bazel davlat boshqaruvi instituti mutaxassislari 141 mamlakatni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ko‘rilgan choralar samaradorligini tahlil qildilar.

Reytingda O‘zbekiston 43-o‘rin, Rossiya 52-o‘rin, Turkiya -41 o‘rin, Ukraina 67-o‘rin, Qozog‘iston 73-o‘rinni egallagan.

Bazel instituti indeksi rasmiy va ochiq manbalarga, ekspert xulosalariga asoslanib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi indekslar to‘g‘risidagi hisobotlarni nashr etadigan, shuningdek, dunyo bo‘ylab noqonuniy moliyaviy oqimlarni tahlil qiladigan xalqaro tashkilotdir.

Yangiliklar lentasi
0