15:47 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
510 0 0

Dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy oʻsishga qaytish aholini koronavirusga qarshi umumiy emlash va immunlashga bogʻliq boʻladi. Bu fikr Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan payshanba kuni Parij tinchlik forumida bildirildi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik, Mariya Knyazeva. COVID-19 tarqalishini jilovlash maqsadida joriy etilgan ijtimoiy va iqtisodiy cheklovlarni barqaror bekor qilish dunyo boʻyicha kelasi yilning oʻrtalaridan boshlanadi, deyiladi Oxford Economics analitik kompaniyasi maqolachasida.

Dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy oʻsishga qaytish aholini koronavirusga qarshi umumiy emlash va immunlashga bogʻliq boʻladi. Bu fikr Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan payshanba kuni Parij tinchlik forumida bildirildi.

"Vaktsinatsiya kompleks dasturi koʻplab oylarni oladi, bu esa bizning pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlarning barqaror va mazmunli bekor qilinishi faqatgina 2021 yilning oʻrtalaridan boshlanadi, degan fikrni tasdiqlaydi", - deyiladi materialda.

Germaniya biotexnologik kompaniyasi BioNTech va amerika farmatsevtika gigant Pfizer sal oldin uchinchi faza sinovlarining muvaffaqiyatli oʻtgani haqida xabar bergan edi - vaktsina COVID-19ning oldini olishda 90%dan ortiq samaradorlik koʻrsatgan. AQSH vaktsinani roʻyxatga oʻtkazish uchun arizani noyabr oyida berishni rejalashtirmoqda.

Pfizer-BioNTech vaktsinasi yuqori samaradorli ekanligi haqidagi xabarlar, hozircha dunyo iqtisodiyoti normal holati tiklanishida eng katta odimdir, deyilgan maqolada.

"Normal hayotga qaytish, ehtimol, uzoq davom etadi", - deb hisoblaydi ekspertlar.

Agar qator boshqa vaktsinalar paydo boʻlmasa, koʻrinib turibdiki, dunyo ahlining aksariyati kelasi yilda ham vaktsina olmaydi. Vaktsina tarqatilishi bilan bogʻliq maʼlum qiyinchiliklarga qoʻshimcha ravishda, Pfizer kompaniyasi shuni maʼlum qildiki, joriy yil yakuniga qadar preparat faqat 50 million dozada, kelasi yil esa 1,3 milliard dozada chiqariladi.

"Bu miqdor 2021 yilning yakuniga kelib 675 million kishini, yoki dunyo aholisining 8%ini vaktsinalash uchun yetarli sanaladi", - deyiladi maqolada.

Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaktsina mavjud: Gamaleya nomidagi institutning "Sputnik V" vaktsinasi, "Vektor" ilmiy markazining "EpiVakKorona" vaktsinasi va RFA Chumakov nomidagi markazi vaktsinasi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular