22:08 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
476 0 0

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik saqlash markazlaridan 625 kishi qaytarilgan. 2019 yilda bu miqdor 3323 kishini tashkil etgan

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Yanvar-oktyabr oylari oraligʻida chet elda turli sabablarga koʻra vafot etgan 568 nafar vatandoshlarning jasadlari Oʻzbekistonga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Azim Axmatov Sputnik Oʻzbekiston nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

"2020 yilning oʻtgan oʻn oyi davomida Oʻzbekistonga chet eldan 568ta "Gruz-200" olib kelindi. Shu jumladan, Rossiyadan — 546ta, Turkiyadan — toʻqqizta, Qozogʻistondan — oltita, Yamandan — bitta, Liviyadan — bitta, Misrdan — bitta", - dedi Axmatov.
Oʻtgan yilda respublikaga olib kelingan "Gruz-200"lar soni 308tani tashkil qilgan.

Shuningdek, Axmatovning aytishicha, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik saqlash markazlaridan 625 kishi qaytarilgan. 2019 yilda bu miqdor 3323 kishini tashkil etgan.

COVID-19 pandemiyasi tufayli yil boshidan chet davlatlardan Oʻzbekistonga kirib kelgan fuqarolar soni 392 371 nafarni tashkil qilgan. Pandemiya tufayli xorijga ishlashga keta olmagan fuqarolar soni 483 121 nafarni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisob-kitoblariga koʻra uzoq muddatda xorijda yurgan Oʻzbekiston fuqarolari soni bugungi kunda 1 739 468 nafarni tashkil etmoqda.

Asosiy mavzular