01:30 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
145 0 0

Mazkur loyiha asosida quriladigan kompleks mamlakatda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiya va boshqa xorijiy bozorlarga eksportini kengaytirish uchun xizmat qiladi.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida "BMB Trade Group" hamda Rossiyaning «Natsionalnaya rezervnaya korporatsiya»si bilan hamkorlikda zamonaviy agrologistika kompleksini qurish boʻyicha qoʻshma investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda BMB-NRC AGROLOGISTICS Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tomonidan mazkur kompleks uchun ajratilgan hududda dastlabki qurilish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston prezidentining "Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra , mahsulotlarni yigʻish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, ichki va tashqi bozorga yetkazib berish borasida xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy agrologistika komplekslari va markazlari tizimini shakllantirish, joylashtirish, qurish, ularni boshqarish boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

Respublikada faoliyat yuritayotgan 405 ming tonna quvvatga ega 25 ta agrologistika markazlari qatoriga 4 ta agrologistika markazlari qoʻshilib, 257 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi va agrologistika markazlari soni 29 taga, quvvati esa 451,7 ming tonnaga yetkazildi.

Mazkur loyiha asosida quriladigan kompleks mamlakatda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiya va boshqa xorijiy bozorlarga eksportini kengaytirish uchun xizmat qiladi.

Asosiy mavzular