18:48 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
255 0 0

Nosozlikni bartaraf qilish choralari koʻrilgandan soʻng, shu kuni soat 09:50 da oʻz yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettirgan. "Oʻzbekiston temir yoʻllar" AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. 14 noyabr kuni Buxoro—Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan "Afrosiyob" poyezdi nosozlikka uchradi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Buxoro – Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan 765-sonli "Afrosiyob" elektropoyezdi texnik nosozlik sabab soat 08:11 da "Baxt" stantsiyasida toʻxtagan. Nosozlikni bartaraf qilish choralari koʻrilgandan soʻng, shu kuni soat 09:50 da oʻz yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettirgan.

"Oʻzbekiston temir yoʻllar" AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 14 noyabrida ham Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd elektr taʼminotidagi uzilish sabab Jomboyda toʻxtab qolgandi.

Asosiy mavzular