O‘zbekistonda migratsiya darajasi o‘tgan yilgiga nisbatan 6,3 %ga pasaygan

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek o‘tgan vaqt mobaynida 16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi - 17,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 14,7 foiz bo‘ldi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mamlakatda ishsizlik darajasi, migratsiya va mehnat resurslari soni bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Unga ko‘ra, joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 11,1 %ni tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 %ga kamaygan.

Shuningdek, 9 oy davomida mamlakatdagi mehnat resurslari soni 19 121,3 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 100,7 %ga oki 135,5 ming kishiga oshgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 205,2 ming kishini tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3,7 foizga (468,5 ming kishiga) oshgan.

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 5 673,8 ming kishini tashkil qilib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,7 foizga oki 92,6 ming kishiga oshdi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari O‘zbekistonda soliq to‘lashi haqidagi xabarga izoh berildi

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 618,8 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz oki 504,2 ming kishiga ortgan. Bu asosan respublikadan tashqariga ishlash uchun chiqadigan mehnat migrantlarining ichki mehnat bozoriga qaytib kelishi hamda mavsumiy ishlar qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ortishi evaziga yuzaga kelgan.  

Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 912,6 ming kishini tashkil etgan, bu joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 128,3 ming kishiga yoki 6,3 foizga kamaygan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 642,5 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 11,1 foizni tashkil etganligini ko‘rsatdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi - 17,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 14,7 foiz bo‘ldi.

Joriy yil yanvar-sentabr oylarida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 273,6 ming kishini tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3 foizga oki 130,3 ming kishiga kamaygan.

V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida tuman(shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilgan 910 201 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilgan.

Murojaat qilgan fuqarolarning 243 946 nafari ish bilan ta’minlangan, 500 449 kishi jamoat ishlariga jalb qilindi, 25 384 nafar ishsizlar kasbga o‘qitilgan, 45 036 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan, 38 002 kishiga mehnat munosabatlari bo‘yicha konsultatsiyalar berilgan.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 30 827 nafar oila shaxsiy tomorqalarda,
19 174 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida band qilindi, 7 383 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0