14:57 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
185 0 0

Gebreyesus emlash boshlanganidan keyin kuzatuv, sinovlar, yuqtirganlarni izolyatsiyaga olish va ularni davolash, aloqalarni kuzatishni va karantinni davom ettirishga chaqirdi.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsina yakka tartibda pandemiyani toʻxtata olmaydi, deb yozdi Twitterda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.

"COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtdan vaktsina pandemiyani nazorat qilish uchun zarur boʻlishini bilgan edik. Ammo u qolgan instrumentlarni toʻldirishini, aslo ularning oʻrnini bosmasligini bilish muhim", - deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, vaktsina avvaliga ommabop boʻlmasligi, cheklovlar boʻlishi, shu bois, birinchi galda tibbiyot xodimlari, katta yoshdagilar va surunkali kasalliklarga ega odamlar emlanadilar. Bu esa oʻlimlar sonini qisqartiradi va sogʻliqni saqlash tizimiga ushbu infektsiyaga qarshi kurashda samaradorlikni taʼminlaydi, ammo shu bilan birga virus bir joyda toʻxtab qoladigan emas.

Gebreyesus emlash ishlari boshlangandan keyin ham kuzatuv, testdan oʻtkazish, kasallanganlarni yakkalash va ularni davolash, aloqalar zanjirini aniqlash va karantin singari choralarni davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, BSST rahbariga koʻra, kasallik tarqalishining oldini olishga qarshi kurashda jamoalar va alohida fuqarolarni jalb etish zarurligini taʼqidladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular