22:56 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
217 0 0

Nega aynan bu vaktsina va koʻngillilar qay tarzda saralab olinadi, degan savolga Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi ilgʻor texnologiyalar markazi direktori oʻrinbosari Alisher Abdullayev javob bergan

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaktsina sinovining uchinchi bosqichi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilingan edi.

Vaktsina "Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va ayni vaqtda Oʻzbekistonga olib kelingan.

Nega aynan bu vaktsina va koʻngillilar qay tarzda saralab olinadi, degan savolga "Maksima" radiosiga bergan intervyusida "Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi ilgʻor texnologiyalar markazi direktori oʻrinbosari Alisher Abdullayev javob bergan.

"XXRda oʻtkazilgan 1 va 2-faza sinovlaridan soʻng vaktsinaning butkul xavfsizligi oʻz tasdigʻini topgani uchun ushbu vaktsina tanlab olindi. Taʼkidlashim kerakki, sinovlarning barcha protokollari, natijalari qatʼiy belgilangan va BSST tomonidan verifikatsiya qilib boriladi. Nega u xavfsiz? Chunki u nofaol virusga asoslangan. Yaʼni bir necha turdagi vaktsinalar mavjud: xususan, adenovirus platformasiga asoslangan, zaiflashtirilgan virusdan foydalanish texnologiyasiga asoslangan vaktsinalar. Ayni damda esa organizmga virusning oʻzi yoki adenovirus emas, balki COVID-19ni keltirib chiqaruvchi koronavirus virusining oqsili kiritiladi. Shu tufayli ushbu xitoy vaktsinasi eng xavfsiz sanaladi", - deya tushuntirgan Abdullayev.

Radio suhbatdoshi soʻzlariga koʻra, koʻngillilar quyidagi kriteriylarga mos kelishlari lozim:

- ular 18 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan erkak va ayollar boʻlishi;

- ular jiddiy yoki surunkali kasalliklarga ega boʻlmasliklari lozim; COVID-19 bilan ogʻrimagan boʻlishlari va allergik kasalliklari boʻlmasligi;

- tanlab olish davrida barcha koʻngillilar koʻrikdan oʻtkaziladi.

 Xitoy vaktsinasining 3-faza sinovlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan koʻngillilar boʻyicha eʼlon OAVlarda eʼlon qilinadi. 

Asosiy mavzular