18:05 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
26220

Shuningdek, Patrushevning soʻzlariga koʻra, MDH davlatlari kuch tuzilmalari 2020 yilda birgalikda chet elda jangarilar safiga odamlarni yollash bilan shugʻullangan 22ta xalqaro terrorchilik tashkilotlari yacheykalarini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlganlar.

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Rossiyaning maʼlumotlari tufayli MDHdagi sheriklar 2020 yilda 40 dan ziyod terrorchilar va ularning hamtovoqlarini hibsga olishdi, deb bayonot qildi Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

"Rossiya tomonidan taqdim etilgan materiallarga koʻra, xorijiy hamkasblar tomonidan xalqaro terroristik uyushmaning 40 dan ziyod aʼzolari va ularning hamtovoqlari qoʻlga olindi", - dedi chorshanba kuni MDH davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari yigʻilishining ochilish marosimida Patrushev. Uning soʻzlaridan RF XK matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

"Olingan maʼlumotlar asosida terroristik faoliyatga aloqador boʻlgan 950 nafardan ortiq chet elliklarga bizning mamlakatimizga kirish taʼqiqlandi", - deb qoʻshimcha qildi Patrushev.

Shuningdek, Patrushevning soʻzlariga koʻra, MDH davlatlari kuch tuzilmalari 2020 yilda birgalikda chet elda jangarilar safiga odamlarni yollash bilan shugʻullangan 22ta xalqaro terrorchilik tashkilotlari yacheykalarini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlganlar.

Yigʻilish video-anjuman formatida oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular