14:29 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
953 0 0

"Yandeks.Kartы" xizmati poytaxt koʻchalarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda. Poytaxtdagi birinchi qor tufayli avtomobil yoʻllari haqiqatan falaj holatga keldi

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun, 18 noyabrda Oʻzbekiston poytaxtida yoqqan qor tufayli Toshkent koʻchalari "toʻxtab qoldi".

"Yandeks.Kartы" xizmati avtomobil yoʻllarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

"Mashinalar odamlar kabi yuryaptimi", - deya hayratini yashirmaydi yoshgina talaba qiz Nigora. Chindan ham, jamoat transportlari qatnovi sustlashgan, avtomobillar ham deyarli odamday odimlar edi.

Tirbandlik kuchliligidan ayrim avtobuslar bekatlarda toʻxtamadi, yoʻlovchilar juda sekin harakatlanayotgan avtobusga chiqishga majbur boʻlgan holatlar ham kuzatildi.

"Hech kim bunday boʻlishini kutmagandi, qor yaxshi, ammo uch soat deganda oʻz manzilimga yetib oldim", - deya yoʻllardagi probkalarga munosabat bildiradi Muxtor ismli haydovchi.

Krasnыy Tashkent: stolitsa vstala v desyatibalnыx probkax
Yandeks.Probki
Krasnыy Tashkent: stolitsa vstala v desyatibalnыx probkax

Sinoptiklarning aytishicha, minus daraja Oʻzbekiston poytaxtida yana bir necha kun ushlanib turadi.

Darvoqe, maktablardan farzandini olib qaytayotgan avtoulovli ota-onalar, qolaversa, ish bilan koʻchaga chiqqan fuqarolar ham taksi kutib turgan yosh bolali insonlarga yordam qoʻlini choʻzib - manzillariga bepul eltib tashlashmoqda. Yoʻllardagi besaranjomlik va taksichilarning yoʻl pulini uch karra oshirib olishgani fonida bu hamjihatlik insoniylik namunasidir.

Asosiy mavzular