O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot konteynerlarini yubordi

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari"Uzbekistan otpravit v Kirgizstan tri tisachi tonn pshenisi v kachestve gumanitarnoy pomoshi
Uzbekistan otpravit v Kirgizstan tri tisachi tonn pshenisi v kachestve gumanitarnoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusniddin Xasilovga ko‘ra, shuningdek, Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarni ham yuborish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston 18-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar bermoqda.

Flag Kirgizii Flag Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Xitoydan yana bir bor tashqi qarz yukini yengillatishni so‘radi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi Xusnitdin Xosilov O‘zbekistonning gumanitar yordami haqida quyidagilarni gapirgan.

"Shunisi e’tiborliki, konteyner shifoxonalari tajribasi O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan va o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va davolashda yordam berish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarini yuborish ham rejalashtirilgan".

Poyezdni kuzatib borgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olgan mutasaddilar, xususan, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Jarasul Abduraimov pandemiya davrida O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak juda dolzarb ekanligini ta’kidlagan va ko‘rsatilayotgan yordam uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirgan.

"Tezkorlik bilan ko‘rsatgan yordam uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Biz o‘zbek xalqiga farovonlik va sog‘lik-salomatlik tilaymiz, xalqlarimiz do‘stligi abadiy bo‘lsin!", - degan Abduraimov.

Yangiliklar lentasi
0