O‘zbekiston temir yo‘llari ko‘prik quruvchilar yonini oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo avtomobilnogo mosta
Stroitelstvo avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tosh, qum va shag‘alning noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, mamlakatdagi qariyb 26 ta ko‘priklar tayanchlari kritik holatga kelganligi haqida xabar bergan edi. Ushbu xabar ko‘plab OAVlarda keng tarqalib ketdi

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ko‘priklar holati o‘rganilganda, daryo va soylarning o‘zanlaridan – tosh, qum va shag‘alning noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, qariyib 26 ta ko‘priklarning oraliq tayanchlari kritik sathidan ortiqcha yuvilib ketganligi haqida mazkur inspeksiya matbuot xizmati axborot berdi.

Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston regionlarida 26 ta ko‘prikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan

"Ushbu xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalarida keng tarqalib, turli muhokamalarga, shu jumladan ko‘prik quruvchilariga tegishli salbiy fikrlarga sabab bo‘lmoqda", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning "Ko‘prikqurilish tresti" unitar korxonasi avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha vakolati 2019-yil O‘zbekiston prezidenti Farmoniga binoan O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi zimmasiga o‘tkazilgan.

Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi

Bugungi kunda "Ko‘prikqurilish tresti" UK avtomobil va temir yo‘llar uchun ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, tunnellar va boshqa qator transport vositalari uchun inshootlarni qurish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi.

"Aynan qurilishlar uchun javob beradi, uning ekspluatatsiyasi esa korxona zimmasiga kirmaydi. Shu o‘rinda eslatish joizki, "Ko‘prikqurilish" Tresti – pudrat tashkiloti sifatida Davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyihalar va shartnomalar asosida qurilish ishlarini bajaradi, xolos", - deyiladi tushuntirishda.

 

Yangiliklar lentasi
0