19:50 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
464 0 0

Nyurnberg sud jarayoni bundan roppa-rosa 75 yil oldin, 1945 yil 20-noyabrda boshlangan. U deyarli bir yil - 1946 yil 1 oktyabrgacha davom etgan. Fashistlar Germaniyasining 24 nafar oliy rahbarlari tribunal qarshisida hozir boʻlgan.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Natsiyatlar Germaniyasi rahbariyati ustidan tribunalni Nyurnberga oʻtkazishga qaror qilingan, negaki bu shahar Milliy sotsialistik partiya uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan va Berlinga nisbatan kamroq vayron boʻlgan edi, dedi Rossiya harbiy-tarix jamiyati (RVIO) ilmiy direktori Mixail Myagkov.

"Birinchidan, bu Germaniya milliy-sotsial partiyasi uchun muhim shahar edi, bu yerda uning majlislari oʻtgan. Ikkinchidan u nemis poytaxti Berlin kabi vayron boʻlmagandi", — dedi Myagkov RIA Novostiga bergan intervyusida.

Jarayonga puxta tayyorgarlik koʻrilgandi, deb taʼkidladi tarixchi. Unga 160 dan ortiq guvohlar jalb qilingan, barcha majlislarning stenogrammasi 20 ming sahifadan oshgan.

Shu bilan birga, Myagkovning soʻzlariga koʻra, gʻolib-davlatlar fashistlar ustidan sud jarayoni qanday oʻtkazilishi kerakligi toʻgʻrisida boshida fikrlari bir joydan chiqqan.

AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill "jarayon siyosiyroq oʻtishi, yaʼni fashistlar boshliqlarini ushlash, ularni tezda soʻroq qilish va otish kerakligini taʼkidlashardi".

Ammo SSSR rahbari Iosif Stalin "jarayon aynan huquqiy boʻlishi, har bir natsist jinoyatchisi konkret oʻz jinoyatlari uchun jazo olishi kerakligida qatʼiy turgan edi", deb hikoya qildi tarixchi.

Nyurnberg sud jarayoni bundan roppa-rosa 75 yil oldin, 1945 yil 20-noyabrda boshlangan. U deyarli bir yil - 1946 yil 1 oktyabrgacha davom etgan. Fashistlar Germaniyasining 24 nafar oliy rahbarlari tribunalga tortilgan. Dunyoga va insoniyatga qarshi ogʻir jinoyatlarda ayblanganlarning 12 nafari dorga tortilish orqali oʻlim jazosiga hukm qilingan. Qolganlari umrbod qamoq jazosi yoki uzoq muddatli qamoq jazosini oʻtashga hukm etilgan.

Asosiy mavzular