15:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
120 0 0

Ikki tomon ham harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar va terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va mudofaa muassasalari salohiyatini oshirish kabi masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishlarini taʼkidladilar.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. 2020-yilning 19-noyabr kuni Vashington shahrida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Kristofer Miller Oʻzbekistonga Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda yetakchi rol oʻynayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va Amerika Qoʻshma Shtatlari xavfsizlik bilan bogʻliq umumiy muammolarni hal qilishda Oʻzbekiston bilan aloqalarni davom ettirishini tasdiqladi.

Pentagon rahbari, shuningdek, mamlakatimizning afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini olib borish, Afgʻonistonni iqtisodiy tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasini qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Tomonlar Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini bundan keyin ham ilgari surish va barqaror siyosiy kelishuv maqsadini qoʻllab-quvvatlashda qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.

Ikki tomon ham harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar va terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va mudofaa muassasalari salohiyatini oshirish kabi masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishlarini taʼkidladilar.

 

Asosiy mavzular