20:08 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
257 0 0

Xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga, kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan, davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutada 2 trillion soʻm hajmida suveren obligatsiyalar joylashtirdi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Twitterda maʼlum qildi.

"Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutamiz — soʻmda 2 trillion soʻm hajmda suveren obligatsiyalar London fond birjasiga joylashtirildi. Ushbu yutuq oʻzbek soʻmini moliya bozorlarida oʻz oʻrnini topishiga dadil qadam boʻlsin", — deb yozadi Ishmetov.

​Moliya vazirligi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, oldinroq qator yirik xalqaro investorlar tomonidan respublikaning makroiqtisodiy istiqbollari va tizimli islohotlari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan, hamda nafaqat dollarda, balki oʻzbek soʻmida ham denominatsiya qilingan suveren xalqaro obligatsiyalarning chiqarilishiga ham qiziqish bildirilgan.

Xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga, kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan, davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.

Milliy bank obligatsiyalari savdosi muvaffaqiyatli boshlandi >>>

Investorlar takliflariga binoan 750 million AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalarni 2 transhda — 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan oʻzbek soʻmida — chiqarish va London fond birjasida joylashtirish boʻyicha boshlangʻich foiz stavkalar, mos ravishda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilandi.

Asosiy mavzular