01:18 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
79821

Yer sayyorasiga olimlar tomonidan potentsial xavfli, deya baholangan asteroid yaqinlashmoqda. Maʼlum boʻlishicha, samo kezuvchisi orbitasi Yer orbitasi bilan kesishishi tufayli, unga shunday xarakteristika berilgan

TOSHKENT, 21 noya – Sputnik. Oʻlchami 370dan 820 metrgacha boʻlgan va kataloglarda 153201 (2000 WO107) raqami bilan qayd etilgan asteroid Yer sayyorasiga yaqinlashmoqda. Bu haqda NASA Yer oldidagi obʼyektlarni oʻrganish markazi saytida xabar berilgan.

Sayyoramizga asteroidning yaqinlashishi 29 noyabr kuni roʻy beradi. Olimlarning taʼkidlashlaricha, Yer va asteroid masofasi toʻrt million kilometrdan ortiqni tashkil qiladi (Oygacha boʻlgan masofadan 11 karra koʻp). Bundan kelib chiqadiki, Yer uchun xavf tugʻdirmaydi ammo uning orbitasi Yer shari orbitasi bilan kesishish tufayli u potentsial xavfli, deya baholanmoqda.

Uning qiziq tomoni: 600 mingta asteroidlar haqida maʼlumotlar toʻplangan Asterank xabariga muvofiq, 153201 (2000 WO107)gi foydali qazilmalar qiymati 17,4 milliard dollarga baholanmoqda. Samo jismi nikel, temir va kobaltdan iborat.

Asosiy mavzular