02:46 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
1526 0 0

Oʻzbekiston boʻylab 7,4 milliondan ortiq isteʼmolchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Samarqand viloyati - elektr energiyasidan qarzdorlik boʻyicha respublikada yetakchi, deb maʼlum qilindi bugun "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish masalalariga bagʻishlangan matbuot-anjumanida.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Taʼkidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard soʻmni tashkil qilmoqda. Shundan 553 millard soʻmi bu aholi qarzdorligi.

Shuningdek, 2 va uchinchi oʻrindarda Navoiy viloyati (qarz summasi 410 milliard) va Andijon viloyati (qarz 273 milliard soʻmni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligi) kelmoqda.

Shuningdek, matbuot-anjumanida Oʻzbekistonda elektr energiyasi uchun hatto 3 yildan buyon toʻlovni amalga oshirmagan isteʼmolchilar borligi ham aytildi. 283 ming 489 nafar isteʼmolchi 3 yildan buyon umuman elektr energiyasi uchun toʻlovni amalga oshirmagan. Shulardan Samarqand viloyatida 46 158 nafarni, Toshkent viloyatida 45 685 nafarni, Fargʻona viloyatida 28 770 nafarni, Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil qilgan.

Isteʼmolchilarning qarzdorligi boʻyicha oʻtkazilgan tahlillarga koʻra, bugungi kunda:

1 million soʻmdan 3 million soʻmgacha boʻlgan qarzdorlar soni Respublikada - 157 839 nafarni tashkil qiladi;

3 mln dan -5 mln.gacha boʻlgan qarzdolar - 14 890 nafarni;

10 million soʻmdan yuqori boʻlgan qarzdorlar 5499 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda Respublikada aholining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trilliondan oshgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda "Hududiy elektr tarmoqlar" AJ tomonidan raqamlashtirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri - "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "KT Corporation" kompaniyasi oʻrtasida elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazini tashqil etish boʻyicha 2019 yilda bitim imzolangan.

Markaz Koreya, Xitoy, Singapur va AQSH kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan server uskunalar bilan jihozlangan.

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi ishga tushirilishidan asosiy maqsad - respublika miqyosida elektr energiyasi isteʼmolchilarining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shakllantirish, koʻp tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish, yaʼni qarzdorlarni avtomatik ravishda taʼminotdan oʻchirish va foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlov amalga oshirilganidan soʻng qayta ulash belgilangan.

Oʻzbekiston boʻylab 7,4 milliondan ortiq isteʼmolchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

Ayni kungacha Jamiyatning oʻz mablagʻlari hamda qator xalqaro tashkilotlar investitsiyalari hisobidan 4,6 milliondan ortiq zamonaviy hisoblagich oʻrnatib boʻlingan.

Asosiy mavzular