09:02 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
335 0 0

Maʼlumot uchun, "Kolorpak"» tomonidan chiqarilgan prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming soʻm (59×71sm) va 207 ming soʻmni (49×42) tashkil qiladi.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Toshkent hokimining boshqaruv apparati 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Ularning umumiy qiymati 999,05 million soʻmga teng. Bu haqda maʼlumotlarni Davlat xaridlari portaliga yuklangan hujjatda koʻrish mumkin, deb xabar qilgan "Daryo" nashri bloger Otabek Bakirovga tayangan holda.

2020 yil 19 maydagi shartnomaga koʻra, portretlar "Kolorpak" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga koʻra, har biri 200 ming soʻmlik 2894 dona 59×71 lik portret (jami 665,6 million soʻm), hamda 2071 dona 49×42lik portret (jami 333,4 million soʻm) sotib olingan.

Maʼlumot uchun, "Kolorpak"» tomonidan chiqarilgan prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming soʻm (59×71sm) va 207 ming soʻmni (49×42) tashkil qiladi.

Avvalroq "Kolorpak"ning iyun oyida yangi "Taʼlim" darsligining 6 million nusxasini va "Informatika" boʻyicha 2 million nusxasini nashr etish boʻyicha bosh pudratchisiga aylangani haqida xabar berilgandi. Kompaniya shartnomani oʻquv yili boshlanishidan 2,5 oy oldin qabul qildi va bu bilan boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnomalar oʻzgartirildi.

Asosiy mavzular