12:38 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
508 0 0

"Nafas olishingiz bir daqiqada 40taga yetganida, kislorod darajasi esa 80tagacha tushganida siz shunday koʻra boshlaysiz", - deya aniqlik kiritgan mutaxassis.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Sent Luisdagi Vashington universiteti Tibbiyot markazi intensiv davolash boʻlimi shifokori Ken Remi Feysbuk ijtimoiy tarmogʻida COVID-19 ga chalingan bemorlar oʻz hayotlarining soʻnggi daqiqalarida nimani koʻrishlarini aniq koʻrsatib berdi.

Shifokorning taʼkidlashicha, bemorlardan biri jon berib, bu haqdagi xabarni bemor qarindoshlariga yetkazishga majbur boʻlganidan soʻng u ushbu rolikni suratga olishga qaror qilgan.

Video avvalida Remi oʻzining yuziga kamerani bir necha bor yaqinlashtiradi va uzoqlashtiradi. Shifokorning tushuntirishicha, hayoti qil ustida turgan va oʻtkir kislorod yetishmovchiligini his qilayotgan inson atrofdagilarni xuddi shunday koʻradi.

"Nafas olishingiz bir daqiqada 40taga yetganida, kislorod darajasi esa 80tagacha tushganida siz shunday koʻra boshlaysiz", - deya aniqlik kiritgan mutaxassis.

Shunday holatni boshdan kechirmaslik uchun, shifokor barcha insonlarni individual himoya vositalaridan foydalanishga va ijtimoiy masofani saqlashga chaqirib qolgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)

Asosiy mavzular