13:22 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
488 0 0

Direktor fuqarolardan birini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tugʻruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatish uchun 30 ming dollar "ragʻbat" soʻragan

TOSHKENT, 26 noya - Sputnik. Bektemir tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik ustida ushlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, gap Bektemir tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori M.A. haqida bormoqda.

U fuqaro SH.A.ning turmush oʻrtogʻini Toshkent shahridagi tugʻruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 30 000 AQSH dollar talab qilgan.

U bu ishni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali bajarmoqchi boʻlgan.

Pulning uchdan bir qismini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular