O‘zbek va afg‘on hamshiralari uchun Termizda malaka oshirish markazlari tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
Shuningdek, navbatdagi loyiha doirasida davlat boshqaruvi, shu jumladan xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 mln. yevro ajratiladi.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. 2021-yilning ikkinchi yarmida Termizda o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik hamshiralarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi ochiladi.

Medsestri v klinike Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hamshiralar maqomi koreys andazasida tubdan o‘zgartiriladi - tafsilotlar

Bu haqda Oliy Majlis Senat raisi Tanzila Norboyeva va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Gunter Leo Overfeld o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lumot berilgan.

Ma’lum qilinishicha, Germaniya hamkorlik doirasida pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni rivojlantirishga 180 million yevro ikki yilga ajratgan.

2021 yilning ikkinchi yarmida Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini ochish rejalashtirilgan. Shuningdek, navbatdagi loyiha doirasida davlat boshqaruvi, shu jumladan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 million yevro ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0