TOSHKENT, 27 noya - Sputnik. Andijon shahrida fuqaroga zoʻravonlik ishlatib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga koʻra:
D. Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Q. Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan)uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
A. Toʻraqulov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.