03:31 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
115 0 0

Oʻzgidromet xulosasiga koʻra, 28 noyabr soat 11:30dan boshlab "Qamchiq" dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklangan

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. "Qamchiq" dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi, deb xabar bermoqda FVV matbuot-xizmati.

Avval xabar berilganidek, 28 noyabr kuni "Qamchiq" dovonida qor koʻchkisi xavfi boʻlganligi sababli FVV va IIV tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yoʻllar qordan tozalanib, muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.

Oʻzgidromet xulosasiga koʻra, 2020 yil 28 noyabr soat 11:30dan boshlab “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.

"Qamchiq"” dovoni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar kun davomida berib boriladi.

Ilgariroq Oʻzgidromet 2020 yil 28 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 29 noyabr soat 08:00 gacha Chimyon togʻ zonasida
qor koʻchki xavfi eʼlon qilinishini haqida ogohlantirgan edi.

Asosiy mavzular