Afsonalar jangi: Mayk Tayson va kichik Roy Jons uchrashuvi qanday yakunlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoksor Mayk Tayson
Boksor Mayk Tayson  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar Temir Maykning asosiy quroli sifatida kuchli zarbasini, Roy Jonsning esa tezkor tana himoya harakatlarini e’tirof etishmoqda.

TOShKENT, 29 noya - Sputnik. Bugun, 29-noyabr kuni 10.00da (Toshkent vaqti bilan) jahon boks qirollari jangi boshlandi.

Chempionskiy poyas bokserskoy assotsiatsii WBC - Sputnik O‘zbekiston
WBC reytingida o‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda

Unda o‘n besh yildan keyin ringga qaytgan Mayk Tayson va kichik Roy Jons AQShning Kaliforniya shtati Los Anjeles shahridagi Steypls sentrda jang o‘tkazmoqda.

Mayk Taysonning vazni 99,9 kilogramm, kichik-Jonsniki - 95 kilogrammligi qayd etilgan.

Mutaxassislar Temir Maykning asosiy quroli sifatida kuchli zarbasini, Roy Jonsning esa tezkor tana himoya harakatlarini e’tirof etishmoqda.

Ushbu qarama-qarshilik haqiqatan afsonaviy bo‘lishi kutilmoqda, jang "UzReport" TVda boks sharhlovchisi Davron Fayziyev tomonidan sharhlanmoqda. 

Quyida esa ikkila afsonaning jang oldidan bir kun avval vazn o‘lchanishi kadrlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tish joizki, jang sportchilarning yoshi va imkoniyatini hisobga olgan holda 12 emas, 8 raund etib belgilangan.

Hozir ikkinchi raund davom etapti, xabar to‘ldiriladi.

10.11. Hozirda to‘rtinchi raund davom etmoqda: Mayk Tayson yaqin masofada faol harakatlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa, Roy Jons uni uzoq masofada ushlashga harakat qilmoqda.

10.14. Mayk Tayson beshinchi raundni juda faol o‘tkazdi. U tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Roy Jonsda charchoq alomatlari sezila boshladi.

Mayk Tayson va kichik Roy-Jons o‘rtasidagi jang haqiqiy afsonaviy qarama-qarshilikka aylanishi kutilmoqda: Tayson o‘z sport faoliyati davomida 58ta jang o‘tkazgan. Shundan 50tasini g‘alaba bilan yakunlagan.

10.17. Oltinchi raund teng kurashlarda o‘tdi, Roy Jons o‘zini fishkasi bo‘lgan tana harakatlari bilan harakatlanishni boshladi.

Roy Jons 75 ta jang o‘tkazgan va shundan 66tasini g‘alaba bilan yakunlagan.

10.18. Yettinchi raundning dastlabki sekundlarida Roy Jons o‘ta faol pozitsiyaga o‘tdi, shunga qaramasdan Mayk Tayson ko‘proq chap qo‘l zarbalarini amalga oshirmoqda.

10. 21. Oxirgi raund. Ushbu ikki daqiqa haqiqiy trillerga aylanadi.

Roy taktik jihatdan ustun kelayapti, lekin Maykda ushbu janga nuqta qo‘yish imkoniyati ko‘proq. Ikkala bokschi ham juda yaxshi ishlashdi.

Bir necha boks afsonalari ochkolarni hisoblashda ishtirok etishmoqda. Ochkolarni aniqlash qizg‘in bahs asosida olib borilmoqda.

Mayk Tayson va kichik Roy Jons o‘rtasidagi jang umumiy hisobda 76/76 ochkoda durrang, deb baholandi.

Yangiliklar lentasi
0