17:53 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
140 0 0

Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yuldashevning SSV matbuot-xizmatiga maʼlumot berishicha, Oʻzbekistonda 2020 yilning 1 noyabr holatiga OIV infektsiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Butunjaxon OITSga qarshi kurash kuni "Xalqaro birdamlik, umumiy javobgarlik" ostida oʻtmoqda.

Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yuldashevning SSV matbuot-xizmatiga maʼlumot berishicha, Oʻzbekistonda 2020 yilning 1 noyabr holatiga OIV infektsiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.

"OIV infektsiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. OIV epidemiyasi boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi u bilan bilan kasallangan. Bu esa oʻz navbatida inson salomatligiga, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda xavfsizligiga rahna solayotir. Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda oʻz faoliyatining barcha yoʻnalishlarida qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Yurtimizda OIV infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS boʻyicha qoʻshma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “90-90-90” strategik maqsadlariga erishishida katta ahamiyat kasb etadi", - degan Yuldashev.

Mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PTSR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan taʼminlash uchun har yili 8 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilmoqda.

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni, yuqorida taʼkidlanganidek, har yili 1 dekabrda nishonlanadi.

Pandemiya bizga yana bir bor sogʻliqni saqlash inson huquqlari, gender tengligi, ijtimoiy himoya va iqtisodiy oʻsish kabi boshqa muhim masalalar bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatdi. Shuning uchun, bu yil Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni shiori “Xalqaro birdamlik, umumiy javobgarlik” deb belgilandi.

Asosiy mavzular