BSST: koronavirusga chalinish holatlari dunyo bo‘yicha pasaydi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital dlya patsiyentov s COVID-19, razvernutiy v ledovom dvorse "Krilatskoe"
Vremenniy gospital dlya patsiyentov s COVID-19, razvernutiy v ledovom dvorse Krilatskoe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST yangi yil bayramlari oldidan mas’uliyatni namoyon etib, pandemiya davrida bayramni nishonlash qanchalik xavfsiz bo‘lishi borasida mulohaza qilib ko‘rishga chaqirmoqda

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash (BSST) tashkiloti sentabr oyi boshidan buyon koronavirusga chalinish holatlari kamayganini qayd etdi. Bu haqda brifingda tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus vaqtida sayohatga chiqishni tavsiya etmayapti

Uning izoh berishicha, bu Yevropada "joriy etilgan og‘ir, ammo samarali choralar tufayli" kasallanish holatlarining  pasayishi bilan bog‘liq.

"Bu yaxshi yangilik, ammo biz uni juda ehtiyotkorlik bilan qabul qilishimiz kerak", — deya iqtibos keltiradi Gebreyesus so‘zlaridan RIA Novosti.

BSST bosh direktori so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirusiga chalinish holatlari, xuddi virusdan o‘lim holatlari kabi dunyoning boshqa mintaqalarida hamon oshib bormoqda. Ushbu munosabat bilan u yangi yil bayramlari oldidan mas’uliyatni namoyon etib, pandemiya davrida bayramni nishonlash qanchalik xavfsiz bo‘lishi borasida mulohaza qilib ko‘rishga chaqirdi.

Vrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki - Sputnik O‘zbekiston
BSST yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Siyosat emas, ilm

U shuningdek, koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi, Ekspertlar o‘z fikrlarini ilm-fanga asoslashadi.

"Bizning pozitsiyamiz aniq va qat’iy edi. Biz virus manbaini aniqlash ustida ish olib borapmiz, sababi, bu narsa dunyoga uning genezisini tushunishga va bo‘lajak epidemiyalarning oldini olishga yordam beradi", - dedi u Jenevada o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Adxanomning aytishicha, BSST hozirda oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkiloti hamda butunjahon jonivorlar salomatligini saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda virus manbaini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

Ushbu masala bilan shug‘ullanayotgan xalqaro ekspertlar jamoasi esa AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Sudan va boshqa mamlakatlar vakillari kiradi. Ammo BSSTning ta’kidlashicha, jahon tashkilotining ayrim a’zolari har nega qaramasdan tadqiqotlarni siyosiylashtirishga urinmoqda.

"Shu bois, maslahatimiz: iltimos, bu masalani siyosiylashtirmang. Biz ilmga asoslangan holda, bor imkoniyatni ishga solamiz", - deya qayd etgan u.

Bir kun avval BSST koronavirusga chalinish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar dunyobo‘yicha bir sutkada 564 mingga yetganini, 8985 kishi virus qurboniga aylangani haqida xabar bergan edi.

Dunyo bo‘yicha kovidga chalinish holatlari 61,8 milliondan ortgan, qurbonlar soni 1,4 million kishini tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0