12:44 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
271 0 0

Soʻnggi yillarda qoʻshinlarni yangi qurol-aslaha va texnikalar bilan taʼminlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilishi natijasida shtatda mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ va texnikalarning 27 % yangilangan.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. 2020 yil 3 dekabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining videokonferentsaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va harbiy qurilishini rivojlantirish hamda harbiy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha 2020 yilning 10 oyi davomida bajarilgan vazifalar holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda qoʻshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini sifatli tashkil etish hamda yuqori darajaga koʻtarish maqsadida "Chirchiq" poligoni hududida Mudofaa vazirligining modellashtirish va simulyatsiya dala-oʻquv markazi yangidan barpo etilgan.

Mazkur markazda ayni kungacha 160 nafar taktik boʻgʻindagi komandir  hamda 23 nafar kuch tuzilmalar ofitseri ilk bor maxsus oʻquv kursda tahsil olgan. Natijada komandirlar oʻz buysunuvchilarini jangovar va maxsus vazifalarni bajarish vaqtida bevosita samarali boshqarish malakasi oshirishga erishilgan.

Togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashqlar markazi, “Kattaqoʻrgʻon”, “Termiz”, “Angren” va “Sazagan” poligonlari xalqaro talablarga mos ravishda yangi koʻrinishda taʼmirlandi. Ularning oʻquv-moddiy bazalari zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.

Soʻnggi yillarda qoʻshinlarni yangi qurol-aslaha va texnikalar bilan taʼminlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilishi natijasida shtatda mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ va texnikalarning 27 % yangilangan.

Majlisda 2020 yilning oʻtgan davri mobaynida bajarilishi lozim bulgan ayrim topshiriqlarning ijrosi toʻlaqonli bajarilmaganligi taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, yurtimizda soʻngi oylarda epidemiologik vaziyat kuzatilgani sababli mamlakatimizda mavjud ayrim harbiy shaharcha va poligonlardagi obʼyektlarda qurilish va taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmagan.

Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida viloyat, tuman va shaharlar kesimida hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yoshlarning toifalaridan kelib chiqib, maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish ishlari sust olib borilgan.

Shuningdek, bugungi kunda oliy harbiy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonlari bir nechta bosqichda olib borilib, hamon murakkabligicha qolmoqda.

Majlisda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining Mudofaa vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida tegishli qarori qabul qilindi.

Asosiy mavzular