14:10 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
111 0 0

Namibiya hukumati qurgʻoqchilik tufayli qoʻriqxonada 170 ta yovvoyi filni sotuvga qoʻydi. Taʼkidlanishicha fillarning koʻpayib ketgani ham shunday qaror qabul qilinishida rol oʻynagan

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Namibiya hukumati 170ta yovvoyi fillarni sotuvga chiqardi, deb xabar bermoqda jahon OAVlari.

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev

Namibiya hukumati qurgʻoqchilik tufayli qoʻriqxonada 170 ta yovvoyi filni sotuvga qoʻydi. Taʼkidlanishicha fillarning koʻpayib ketgani ham shunday qaror qabul qilinishida rol oʻynagan.

Taʼkidlanishicha, fillarni kimoshdi savdosi orqali mamlakat xaridorlariga ham, chet elda ham sotish rejalashtirilgan. Asosiy talablardan biri, kimoshdi savdosining har bir ishtirokchisi hayvonlarni saqlash shartlari toʻgʻrisida hujjatli kafolat taqdim etishi zarur. Bundan tashqari, ularning normal hayotini taʼminlash uchun zarur mablagʻ boʻlishi kerak.

Chet elliklar fillarni oʻz mamlakatiga kiritishga ruxsat beruvchi bojxona hujjatlari taqdim etishi ham talab etiladi.

Namibiya Afrikaning janubidagi milliy qoʻriqxonalar va parklarda fillar uchun oziq-ovqat va suv yetishmovchiligiga duch kelgan yagona mamlakat emas. Masalan, Botsvana fillarini Angolaga koʻchirish dasturini amalga oshirmoqda. Afrikaning tabiiy yashash muhitida yashovchi fillarning umumiy soni 350 tani tashkil etadi.

Asosiy mavzular