13:52 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
639 0 0

Respublika shimolida ancha sovuq boʻladi, kunning oʻrtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol boʻyida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Bugun kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo sharoitini Volga boʻyi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi.

"Bu degani, bugun yogʻingarchilik ehtimoli faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli toʻp-toʻp bulutlardan hosil boʻlgan qatorlar choʻzilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy meʼyorlardan 6-8 darajaga past boʻladi. Respublika shimolida ancha sovuq boʻladi, kunning oʻrtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol boʻyida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi", - deyiladi Oʻzgidromet xabarida.

Taʼkidlanishicha, dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida baʼzi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha boʻladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha koʻtariladi, lekin oʻrtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past boʻladi.

Asosiy mavzular