16:22 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
21311

Kiselev Sputnik va Baltnews mualliflariga qarshi qaratilgan harakatlarni YEI sanktsiyalarining noqonuniy kengaytirilgan talqin etilishi, deya atadi

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyov Latviya hukumatini jurnalistlarni taʼqib qilishni bas qilishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijneye Zarubejye.

"Dmitriy Kiselyov Sputnik va Baltnews mualliflariga qarshi qaratilgan harakatlarni YEI sanktsiyalarining noqonuniy kengaytirilgan talqin etilishi, deya atadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews portallari mualliflariga qarshi jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan, deb xabar bermoqda Sputnik Blijneye zarubejye.

Davlat xavfsizligi xizmati tintuvlar oʻtkazib, YEI sanktsiya rejimini buzganlik ayblovi bilan yetti kishini qoʻlga olgan. Qoʻlga olinganlarning barchasi "Rossiya segodnya" tarkibiga kiruvchi Sputnik Latviya va Baltnews shtatdan tashqari mualliflaridir.

Ayni vaqtda yuristlar yuzaga kelgan voqeaning yechimi ustida ishlashmoqda.

Sudning ayblov verdikti yangragan taqdirda, ularni jarimadan tortib, qamoq jazosigacha boʻlgan jazo kutmoqda.

Qoʻlga olinganlar YEI sanktsiyaviy rejimini buzganlikda gumonlanmoqda. YEI "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyovga qarshi sanktsiyalar kiritgan. Latviya ushbu normani kengaytirgan holatda olmoqda, uni taʼsirini agentlikka qarshi ham qoʻllamoqda. Rossiyada ushbu sharh ahmoqonaligi haqida bir qancha taʼkidlar yangradi.

Asosiy mavzular