14:16 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
420 0 0

Biror mamlakatning vaktsinasi ijobiy koʻrsatkichlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qilish, sotib olingan vaktsinani saqlash va tashish bilan bogʻliq masalalar tegishli mezonlar asosida koʻrib chiqiladi, deb taʼkidlanadi xabarda

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Oʻzbekiston 3-bosqich klinik sinovlari ijobiy oʻtgan vaktsinani xarid qiladi, deya bayonot berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Xabarga taʼkidlanishicha, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha eng samarali yoʻl bu – immunizatsiya tadbirlari, yaʼni sogʻlom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlashdir. Dunyoda bu yoʻnalishda qator ilmiy tekshirish institutlari hamda farmatsevtika korxonalari tomonidan koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Hozirda "COVID-19"ga qarshi Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical" kompaniyasining vaktsinasi va Rossiya Federatsiyaning "Sputnik-V" vaktsinasining 3-bosqich klinik tadqiqotlari Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunda vaktsinalarning xavfsizlik koʻrsatkichlarini baholash, ularning infektsiyani oldini olishdagi samaradorligini aniqlash asosiy vazifa qilib belgilangan. Shuningdek, "Sinopharm group" kompaniyasi bilan ham ushbu yoʻnalishda ish olib borilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan vaktsinani respublikaga olib kelish va aholiga yetkazish vakolati yagona xususiy shirkatga berilgani haqida bildirilgan fikr-mulohazalar haqiqatga zid. Chunki "COVID-19" infektsiyasiga qarshi vaktsina xarid qilish va undan foydalanish masalalari butun jahonda boʻlgani kabi mamlakatimizda ham klinik tadqiqotlarning 3-bosqichi natijalariga koʻra belgilanadi", - deyiladi xabarda.

Biror mamlakatning vaktsinasi ijobiy koʻrsatkichlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qilish, sotib olingan vaktsinani saqlash va tashish bilan bogʻliq masalalar tegishli mezonlar asosida koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari, hozirda BMT bilan hamkorlikda COVAXga aʼzo davlatlar qatorida Oʻzbekistonga jahonda olib borilayotgan klinik tadqiqotlar asosida samarasi ijobiy baholangan koronavirusga qarshi vaktsinalarni yetkazib berish boʻyicha muzokaralar ham olib borilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)

Asosiy mavzular