17:08 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)
21400

Kecha kun davomida 167 nafar bemor sogʻayib sogʻayganlar jami 71 482 nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 97 %ni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 8 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda 7 dekabr holatiga koʻra, koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 74 206 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yangi kasallanish holatlari Oʻzbekistonning beshta hududida aniqlangan.

Kecha kun davomida 167 nafar bemor sogʻayib, sogʻayganlar soni jami 71 482 nafarga yetgan va ushbu koʻrsatkich 97 %ni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2113 nafar bemordan 179 nafari ogʻir, 34 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Eslatib oʻtamiz, dunyo boʻyicha yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi qayd etilgan bemorlar soni boʻyicha Qoʻshma Shtatlar birinchi oʻrinda turibdi. Ikkinchi oʻrinda Hindiston va uchinchi oʻrinda Braziliya kelmoqda.

Butun dunyoda ushbu infektsiyaga chalingan insonlar soni 65 million nafardan oshgan. 1,5 mln dan ortiq kishi ushbu infektsiya qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)

Asosiy mavzular