Hindiston elchisi O‘zbekistonga hind vaksinalari haqida axborot yetkazdi

Obuna bo‘lish
Diplomatning ta’kidlashicha, Hindiston koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida.

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi (joriy yil sentabr oyida tayinlangan, tahr.) Manish Prabxat SSV rahbari Abduhakim Xadjibayev bilan uchrashuvda hind vaksinalari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda SSV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Manish Prabxatning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Hindiston koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida. Elchi kelajakda O‘zbekiston aholisi uchun ham ushbu hind vaksinalari foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib oldilar. Jumladan, mavjud investitsiya loyihalarini rivojlantirish va O‘zbekistonga yangi investorlarni jalb qilish, qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, elchi talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Hindiston yoshlarining O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qiziqishi tobora ortib bormoqda.

Vaksina EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V” vaksinasining yakuniy narxi belgilandi

Bundan tashqari, mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirishga bo‘lgan davlat darajasidagi e’tiborda o‘xshashlik mavjudligi aytilib, ushbu sohadagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Hindiston elchisi prezident rahnamoligida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholagan, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar COVID-19 oqibatlarini minimallashtirishga sabab bo‘layotgani qayd etgan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston SSV rahbari hozirda vaziyatning barqarorligi hotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi. "Ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda", - degan Xadjibayev.

Yangiliklar lentasi
0