09:47 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
316 0 0

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 2020 yilning 4 dekabridan boshlab Qirgʻiziston hukumati "Manas", "Oʻsh", "Issiq-Koʻl" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgani xabar qilingandi

TOSHKENT, 8 dek - Sputnik. Qirgʻizistonga Rossiyaning 8ta shahridan avia-qatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston "Uralskiye avialiniya"ga tayangan holda.

"Qirgʻiziston barcha chet ellik sayyohlar uchun chegarani ochmoqda. Demakki, Oʻsh va Bishkekka muntazam reyslarni qabul qilishimiz mumkinligini anglatadi. Parvozlar Moskvadan ("Domodedovo"dan), Jukovskiydan, Sankt-Peterburgdan, Yekaterinburgdan, Quyi vartovskdan, Qozondan va Samaradan amalga oshiriladi", - deyiladi "Uralskiye avialinii" xabarida.

Parvoz oldidan sayyohlar kovid yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishlari kerak boʻladi. Test Qirgʻizistonga uchishdan oldin 72 soat davomida topshirilishi darkor.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 2020 yilning 4 dekabridan boshlab Qirgʻiziston hukumati "Manas", "Oʻsh", "Issiq-Koʻl" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgani xabar qilingandi.

Asosiy mavzular