10:01 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
298 0 0

Samarqand garnizonida harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar texnikalar yordamida suv toʻsiqlardan kechib oʻtish hamda evakuatsiya qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar oʻquv-mashgʻulotlarda Rossiyaning BTR-82A bronetransporterlarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni bajardilar, deb xabar qiladi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati.

Tanki T-14 Armata
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Idora xabariga koʻra, Samarqand garnizonida harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar mashinalarni haydash tayyorgarligining muhim bosqichlaridan biri – jangovar texnikalar yordamida suv toʻsiqlardan kechib oʻtish hamda evakuatsiya qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

"Dastlab oʻquv nuqtalarida mashgʻulot rahbaridan muhim topshiriq va eslatmalarni olgan shaxsiy tarkib BTR-82 "A" jangovar mashinalari yordamida Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazidagi suv havzasi boʻylab harakatlana boshladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – suvli toʻsiqlardan mashinada oʻtish texnikasini shakllantirish, ekipaj aʼzolari orasida hamjihatlik, oʻzaro hamkorlikda harakatlar tajribasini oshirishdan iborat", - deyiladi xabarda.

2019 yilning iyul oyida RIA Novosti Oʻzbekiston Rossiyaga BTR-82A bronetransporterlari partiyasiga buyurtma bergani haqida xabar bergan edi.

Xarid qilinajak texnika miqdori sanab oʻtilmagandi.

BTR-82A - BTR-80 bronetransporterining chuqur modernizatsiyalangan versiyasi hisoblanadi. Mashinalarning tajriba namunalari 2009 yilda yigʻilgan. 2013 yilda bronetransporter Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan.

Asosiy mavzular