TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya telekanallari Vladimir Putinning anʼanaviy matbuot-anjumaniga uch soat vaqt ajratishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tadbir 17 dekabr kuni Moskva vaqti bilan 12:00da boshlanadi. Prezident video-aloqaga oʻzining Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan chiqadi.
Federal va xorijiy OAVlar jurnalistlari Xalqaro savdo markazida faoliyat yuritishadi. Regional OAV vakillari oʻz federal okrugidan chiqmagan holda tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilda matbuot-anjumaniga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot elementlari kiritiladi: fuqarolar "Moskva - Putinga" ilovasi orqali savollar berishlariga imkoniyat yaratilgan. Ayni vaqtda ilovani yuklab olish mumkin.
Putinning katta matbuot-anjumani 2001 yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi. Qoidaga koʻra, mamlakat yetakchisi avvaliga iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlarga toʻxtaladi, shundan soʻng jurnalistlar oʻz savollarini berishadi.
Oʻtgan yili matbuot-anjumani 19 dekabr kuni boʻlib oʻtgan va toʻrt soatu oʻn sakkiz daqiqa vaqtni olgan. OAV vakillari 70dan ortiq savollarni berishga ulgurganlar.